Chiqish 24
24
24–BOB
Xalq Xudoga itoat etishga rozi
1Shundan keyin Egamiz Musoga dedi:
— Sen Horunni va uning ikki oʻgʻli Nadov bilan Abihuni, Isroilning yetmishta oqsoqolini Mening huzurimga olib kel#24:1 Sen Horunni…Mening huzurimga olib kel — Xudoning bu oyatda aytgan amri shu bobning 9–oyatida amalga oshadi.. Keyin uzoqdan sajda qilinglar. 2Menga faqat sen yaqin kelgin, boshqa hech kim yaqin kelmasin. Xalq esa sizlar bilan birga chiqmasin.
3Muso kelib, Egamizning hamma amrlarini, hamma qonun–qoidalarini xalqqa aytib berdi. Xalq bir ovozdan: “Egamizning hamma aytganlarini bajaramiz”, deya javob berdi. 4Muso Egamizning hamma amrlarini va qonun–qoidalarini yozdi. Soʻng ertasi kuni tongda turib, togʻ etagiga qurbongoh qurdi. Oʻn ikki Isroil qabilasining miqdoriga koʻra, oʻn ikkita tosh oʻrnatdi. 5Muso Isroil xalqi orasidan yosh yigitlarni qurbonliklar keltirgani yubordi. Ular Egamizga kuydiriladigan qurbonliklar qilishdi. Buqalarni tinchlik qurbonliklari qilishdi. 6Muso qonning yarmini togʻoraga quydi, qolgan yarmini esa qurbongohga sepdi. 7Soʻngra u Ahd kitobini#24:7 Ahd kitobi — Muso yozgan amrlar va qonun–qoidalar nazarda tutilgan (shu bobning 4–oyatiga qarang). 20-23–boblarda Xudo Musoga bergan amrlar va qonun–qoidalar oʻsha kitob tarkibiga kirgan. olib, xalqqa ovoz chiqarib oʻqib berdi. Shunda xalq: “Egamizning hamma aytganlarini bajaramiz, Unga itoat qilamiz”, dedi. 8Muso togʻoradagi qonni oldi–da, xalqqa sepib: “Ana shu soʻzlarga muvofiq, shu qon Egamizning sizlar bilan qilgan ahdini tasdiqlaydi”, — dedi.
9Shundan keyin Muso, Horun, Nadov, Abihu va Isroilning yetmishta oqsoqoli toqqa chiqishib, 10u yerda Isroil xalqining Xudosini koʻrdilar: Uning oyoqlari ostida zangori yoqutdan qilingan polga oʻxshash bir narsa bor edi. U moviy osmon kabi musaffo edi. 11Isroil xalqining bu yoʻlboshchilari Xudoni koʻrgan boʻlsalar–da, Xudo ularni oʻldirmadi. Ular oʻsha yerda qurbonlik goʻshtini tanovul qildilar.
Muso Sinay togʻida
12Keyin Egamiz Musoga aytdi:
— Toqqa, Mening oldimga chiqib, shu yerda tur#24:12 Toqqa…chiqib… — shu bobning 9-11–oyatlarida yuz bergan hodisalardan keyin Muso va yonidagi odamlar togʻdan tushgan edilar. Shu bois, bu oyatda Xudo Musoga qaytadan toqqa chiqish haqida amr bergan edi.. Men senga amr va qonunlar yozilgan ikkita tosh lavhani beraman. Bu amr va qonunlarni xalq oʻrgansin deb yozdim.
13Muso bilan uning shogirdi Yoshua otlanishdi. Muso Xudoning muqaddas togʻiga ketayotib, 14oqsoqollarga aytdi:
— Yonlaringizga qaytib kelgunimizcha shu yerda — qarorgohda kutib turinglar. Horun bilan Xur sizlarning yoningizda qoladi. Kimning ishi boʻlsa, ularga murojaat etsin.
15Muso toqqa chiqqanda, togʻni bulut qopladi. 16Egamiz ulugʻvorligini zohir qilib, Sinay togʻiga tushdi. Olti kun davomida bulut togʻni qoplab turdi. Yettinchi kuni Egamiz bulut orasidan Musoni chaqirdi. 17Egamizning ulugʻvorligi togʻ choʻqqisida lovullayotgan alanga kabi, Isroil xalqi koʻzi oʻngida zohir boʻlib turardi. 18Muso bulut orasida yurib, togʻ choʻqqisiga chiqdi. Muso togʻda qirq kechayu qirq kunduz qoldi.
നിലവിൽ തിരഞ്ഞെടുത്തിരിക്കുന്നു:
Chiqish 24: O‘zbMK
ഹൈലൈറ്റ് ചെയ്യുക
പങ്ക് വെക്കു
പകർത്തുക

നിങ്ങളുടെ എല്ലാ ഉപകരണങ്ങളിലും ഹൈലൈറ്റുകൾ സംരക്ഷിക്കാൻ ആഗ്രഹിക്കുന്നുണ്ടോ? സൈൻ അപ്പ് ചെയ്യുക അല്ലെങ്കിൽ സൈൻ ഇൻ ചെയ്യുക
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020