Chiqish 23
23
23–BOB
Adolatli hukm toʻgʻrisida qonun–qoidalar
1Yolgʻon xabarlar tarqatmanglar. Yolgʻon guvohlik berish orqali fosiq odamlarga qoʻshilmanglar. 2Koʻpchilik notoʻgʻri ish qilganda yoki adolatdan chetga chiqib guvohlik berganda, ularga ergashmanglar. 3Kambagʻalni hukm qilayotganda ham, kambagʻal, deb uning tarafini olmang.
4Agar dushmaningizning yoʻqolib qolgan hoʻkizini yoki eshagini topib olsangiz, egasiga olib borib bering. 5Dushmaningizning eshagi yuk ogʻirligidan yiqilib qolsa, siz uni koʻrgan boʻlsangiz, dushmaningizni tashlab ketmang. Unga yordam bering.
6Hukmda kambagʻalga qarshi adolatdan koʻz yummang. 7Tuhmatchilardan uzoq turinglar, aybsiz, toʻgʻri odamni oʻlimga hukm qilmanglar. Men bunday ish qilgan aybdorlarni hukmda oqlamayman. 8Pora olmanglar. Pora tufayli koʻzi ochiqlarning koʻzini yogʻ bosadi. Pora har doim toʻgʻri odamlarning ishiga zarar yetkazadi.
9Musofirga zulm qilmanglar. Oʻzlaringiz Misrda musofir boʻlgan edingizlar, shu bois musofirning ahvolini bilasizlar.
Yettinchi yil va yettinchi kun toʻgʻrisida qonun–qoidalar
10Olti yil dalangizga urugʻ sepib, hosilini yigʻishtirib oling. 11Yettinchi yili#23:11 Yettinchi yili — Levilar 25:1-7 ga qarang. esa yeringizni boʻsh qoldiring, dam bering. Xalqingiz orasidagi kambagʻallar yeringizdan oʻsib chiqadigan hosildan biron yegulik topib yesin. Ulardan qolganini esa dasht hayvonlari yesin. Uzumzoringizni va zaytunzoringizni ham shunday qilinglar.
12Olti kun ish qilinglar, yettinchi kuni esa ishlamanglar, toki hoʻkizlaringiz, eshaklaringiz ham ishdan tinsin, qullaringiz, musofirlar ham orom olsin.
13Men sizlarga bergan amrlarimga rioya qilinglar. Boshqa xudolarga iltijo qilmanglar. Ularning nomlarini hatto tilga ham olmanglar.
Yilda qilinadigan bayramlar toʻgʻrisida qonun–qoidalar
14Menga atab yilda uch marta bayram qilinglar:
15Abib oyining#23:15 Abib oyi — ibroniy kalendarining birinchi oyi (Abib oyi Nison oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan martning oʻrtasidan boshlanadi. belgilangan vaqtida xamirturushsiz non bayramini nishonlanglar. Sizlar oʻsha oyda Misrdan chiqqansizlar. Men sizlarga amr etganimday#23:15 Abib oyining belgilangan vaqtida…Men sizlarga amr etganimday… — 12:14-20 ga qarang., yetti kun xamirturushsiz non yenglar. Har kim Mening huzurimga munosib nazrlar olib kelishi lozim.
16Bugʻdoy oʻrimini yigʻishtirishni boshlaganingizda, dalangizga ekkan urugʻning ilk hosilidan nazr qilinglar. Shu orqali Hosil bayramini nishonlanglar.
Kuzda daladagi hamma hosilingizni yigʻishtirib boʻlganingizda, Chayla bayramini#23:16 Chayla bayrami — ibroniycha matnda Yigʻish bayrami, Chayla bayramining yana bir nomi. nishonlanglar.
17Hamma erkaklar har yili shu uchala bayramda Men, Egangiz Rabbiyning huzuriga kelib sajda qilsin.
18Menga qilingan qurbonlikning qonini xamirturush qoʻshilgan non bilan birga nazr qilmanglar. Qilingan qurbonlikning yogʻini ertalabga qoldirmay kuydiringlar.
19Yeringizdan olgan ilk hosilning eng yaxshisini Men, Egangiz Xudoning uyiga olib kelinglar.
Uloqchani onasining sutida qaynatmanglar#23:19 Uloqchani onasining sutida qaynatmanglar — Kanʼondagi xalqlar bayram marosimida bunday taomni tayyorlab, oʻz xudolaridan yaxshi hosil berishini soʻrar edilar. Shu sababdan Isroil xalqiga bunday taomni tayyorlash man etilgan boʻlishi mumkin. Xudo Isroil xalqiga Kanʼon xalqlarining odatlariga ergashishni qatʼiyan taqiqlagan edi (shu bobning 32-33–oyatlariga va 34:11-16 ga qarang)..
Vaʼda va ogohlantirishlar
20Sizlarni yoʻlda muhofaza etsin, sizlarni Men tayyorlagan yerga olib borsin deb, oldingizda farishtani yuboryapman. 21Mening nomimdan keladigan qudratu hokimiyat unga berilgan. Shuning uchun unga oʻjarlik qilmanglar, aks holda, u oʻjarligingizni kechirmaydi. 22Agar farishtamning aytganlariga diqqat bilan quloq solsangiz, Mening amrlarimga itoat etsangiz, dushmanlaringizga dushman, raqibingizga raqib boʻlaman. 23Farishtam oldingizda borib, sizlarni Amor, Xet, Pariz, Kanʼon, Xiv va Yobus xalqlarining yerlariga boshlab boradi. Men oʻsha xalqlarni yoʻq qilaman. 24Ularning xudolariga sajda qilmanglar, xizmat qilmanglar. Bu xalqlarning odatlariga taqlid qilmanglar. Ularning xudolarini yoʻq qilinglar, butsimon toshlarini sindirib tashlanglar. 25Faqat Men, Egangiz Xudogagina xizmat qilinglar. Shunda Men osh–suvingizni barakali qilaman, orangizdan xastaliklarni yoʻq qilaman. 26Yurtingizda homilasi tushib qolgan yoki befarzand ayol boʻlmaydi. Men umringizni uzoq qilaman.
27Sizlarga qarshi boʻlgan xalqlarni Mendan qoʻrqadigan qilaman. Sizlarga qarshi jang qiladigan xalqlarni sarosimaga solaman. Dushmanlaringizning hammasini oldingizdan qochiraman. 28Men Xiv, Kanʼon va Xet xalqlarini vahimaga solaman–da, oldingizdan quvib yuboraman#23:28 Men Xiv, Kanʼon va Xet xalqlarini…quvib yuboraman — yoki Men Xiv, Kanʼon va Xet xalqlarini quvish uchun sizlardan oldin qovoq arilarni yuboraman.. 29Lekin Men bir yil ichidayoq ularni oldingizdan haydab yubormayman. Agar bir yilning ichida ularni haydasam, oʻsha yurt boʻm–boʻsh boʻlib qoladi, dasht hayvonlari koʻpayib, sizga xavf soladi. 30Shuning uchun sizlar koʻpayib, oʻsha yurtni butunlay egallab olmaguningizcha, u yerning xalqlarini oz–ozdan oldingizdan haydayman. 31Chegaralaringizni Qizil dengizdan#23:31 Qizil dengiz — ibroniycha matnda Yom–Suf, maʼnosi Qamish dengizi. Bu oyatdagi mana shu nom hozirgi Aqaba qoʻltigʻiga (yaʼni Qizil dengizning shimoli–sharqidagi qoʻltigʻiga) ishora qiladi. Aqaba qoʻltigʻi Isroil yurtining janubi–sharqiy chegarasini tashkil qilar edi. Oʻrta yer dengizigacha#23:31 Oʻrta yer dengizi — ibroniycha matnda Filist xalqining dengizi. Oʻrta yer dengizi Isroil yurtining gʻarbiy chegarasini tashkil qilar edi., sahrodan Furot daryosigacha#23:31 …sahrodan Furot daryosigacha… — Sinay yarim orolining shimoli–sharqidagi bu sahro Isroil yurtining janubiy chegarasini, Furot daryosi esa shimoli–sharqiy chegarasini tashkil qilar edi. kengaytiraman. Shu yurtning xalqlarini qoʻllaringizga beraman. Sizlar ularni oldingizdan quvasizlar. 32Ularning oʻzlari bilan ham, xudolari bilan ham ahd qilmanglar. 33U xalqlar sizning yurtingizda yashamasin. Boʻlmasa ular sizni oʻzlarining xudolariga sajda qildirib, Menga qarshi gunohga boshlaydi. Bu yoʻl bilan sizlarni tuzogʻiga ilintirib oladi.”
നിലവിൽ തിരഞ്ഞെടുത്തിരിക്കുന്നു:
Chiqish 23: O‘zbMK
ഹൈലൈറ്റ് ചെയ്യുക
പങ്ക് വെക്കു
പകർത്തുക

നിങ്ങളുടെ എല്ലാ ഉപകരണങ്ങളിലും ഹൈലൈറ്റുകൾ സംരക്ഷിക്കാൻ ആഗ്രഹിക്കുന്നുണ്ടോ? സൈൻ അപ്പ് ചെയ്യുക അല്ലെങ്കിൽ സൈൻ ഇൻ ചെയ്യുക
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: