1 Butrus Kirish
Kirish
Mazkur maktub muallifi Iso Masihning shogirdi havoriy Butrusdir. Butrus ushbu maktubini Rim imperiyasiga qarashli toʻrtta viloyatda#Rim imperiyasiga qarashli toʻrtta viloyat — 1:1 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. yashagan, jamiyat tomonidan ayovsiz taʼqib qilingan masihiylarga yozgan. Birinchi asrda masihiy boʻlish degani, albatta, quvgʻinlarga duchor boʻlib, har xil azoblarga bardosh berib yashash degani edi.
Muallif oʻz maktubida oʻsha imonlilarga dalda va tasalli beradi. Quvgʻinlarga qaramay, ularni imonda sobit turishga undaydi. U Xudoning mehribonligi haqida soʻz yuritadi. Iso Masihning oʻlimi va tirilishi tufayli masihiylar bebaho umidga sazovor boʻlganlari haqida bayon qiladi. Soʻng ular jamiyatda oʻzlarini qanday tutishlari kerakligini aytadi, Rabbimiz haqi davlat rahbariga va boshliqlarga boʻysunish kerakligini ularga uqtiradi. Muallif imonlilarning butun eʼtiborini Masihga qaratadi, Uning boshdan kechirgan azoblari haqida soʻz yuritar ekan, imonlilarni Masihdan ibrat olishga, yomonlikka yomonlik qaytarmay, hammani duo qilishga chaqiradi.
നിലവിൽ തിരഞ്ഞെടുത്തിരിക്കുന്നു:
1 Butrus Kirish: O‘zbMK
ഹൈലൈറ്റ് ചെയ്യുക
പങ്ക് വെക്കു
പകർത്തുക

നിങ്ങളുടെ എല്ലാ ഉപകരണങ്ങളിലും ഹൈലൈറ്റുകൾ സംരക്ഷിക്കാൻ ആഗ്രഹിക്കുന്നുണ്ടോ? സൈൻ അപ്പ് ചെയ്യുക അല്ലെങ്കിൽ സൈൻ ഇൻ ചെയ്യുക
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020