1 Butrus 3:15-16
1 Butrus 3:15-16 O‘ZBMK
Qoʻrquvga tobe boʻlmanglar, balki butun qalbingiz bilan Rabbimiz Iso Masihning hokimiyatiga boʻysuninglar. Masihga boʻlgan umidingiz haqida sizdan soʻragan har bir kishiga javob berishga doimo tayyor turinglar. Lekin buni muloyimlik va hurmat bilan bajo qilinglar. Vijdoningiz toza boʻlsin, toki Masih yoʻlidagi ibratli hayotingizni yomonlaganlar oʻz gaplaridan uyalib qolsinlar.