Men seni oʻz xalqing qoʻlidan qutqaraman. Seni gʻayriyahudiylar orasiga yuborib, ularning qoʻlidan ham xalos etaman. Sen gʻayriyahudiylarning koʻzlarini ochasan, ularni zulmatdan yorugʻlikka, shaytonning hukmronligidan Xudoning hukmronligiga qaytarasan. Menga imon keltirish orqali ularning gunohlari kechirilib, ular Xudoning tanlangan xalqi orasidan joy oladilar.