Zabur 67
67
67–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. Qoʻshiq.
2Qoʻzgʻalsin Xudo, tarqalib ketsin dushmanlari,
Oldidan qochib ketsin Undan nafratlanganlar.
3Tutunni shamol tarqatgani kabi,
Xudo ularni haydab yuborsin.
Mum olovda erigani kabi,
Xudo oldida fosiq halok boʻlsin.
4Solihlar esa xursand boʻlsin,
Xudo oldida shod boʻlsin,
Ular xursandlikka toʻlib–toshsin.
5Xudoga hamdu sanolar kuylang,
Uning nomini tarannum eting.
U bulutlarni minib boradi,
Uni ulugʻlang.
U Egamizdir!
Huzurida shodlaning!
6U Xudodir, makoni muqaddasdir,
Yetimlarning otasi, bevalar himoyachisidir.
7Xudo yolgʻizlarni xonadonga joylashtiradi,
Asirlarni rohatga, erkinlikka olib chiqadi,
Isyonkorlar esa qaqragan yerga ega boʻladi.
8Ey Xudo, Oʻz xalqingning oldida borganingda,
Sahro boʻylab yurish qilganingda,
Zamin titradi, osmon yomgʻirini quydi.
9Sening huzuringda, ey Sinay togʻining Xudosi#67:9 Sinay togʻining Xudosi — Isroil xalqi Misrdan Kanʼon yurtiga ketganda, Xudo Sinay togʻida ularga Oʻzini zohir qilgan edi (Chiqish 19:10-25 ga qarang).,
Sening oldingda, ey Isroil xalqining Xudosi,
Zamin titradi, osmon yomgʻirini quydi.
10Sen, ey Xudo, moʻl yomgʻir berding,
Toliqqan yeringga#67:10 yering — Isroil xalqi oʻrnashgan Kanʼon yurti. qaytadan kuch ato etding.
11Xalqing oʻsha yerda boshpana topdi,
Ey Xudo, himmatingdan muhtojlarni bahramand qilding.
12Rabbiydan amr keladi,
Ayollarning katta jamoasi xushxabarni eltadi:
13“Shohlaru lashkarlar shosha–pisha qochdi!”
Ha, Isroil ayollari chodirlarda oʻljani boʻlishib oladi!
14Hatto uyda qolganlar uchun ham
Bordir kumush bilan qoplangan kaptar qanotlari,
Yaltiroq oltin bilan qoplangan kaptar patlari.
15Qodir Xudo shohlarni toʻzgʻitganda,
Zalmon togʻiga#67:15 Zalmon togʻi — Shakam shahri yaqinida joylashgan Ebal togʻining yoki Garizim togʻining yana bir nomi (Hakamlar 9:46-49 ga qarang) yoki Iordan daryosining sharqidagi bir togʻ. qor yoqqanday boʻldi.
16Ey Bashanning togʻi#67:16 Bashanning togʻi — Bashan oʻlkasida, Jalila koʻlidan qariyb 60 kilometr shimoli–sharqda joylashgan Xermon togʻi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Xermon togʻi hozirgi Suriyaning eng baland togʻi boʻlib, uchta alohida–alohida choʻqqisi bor., ulugʻvor togʻ,
Ey choʻqqilari koʻp togʻ, Bashanning togʻi!
17Ey choʻqqilari koʻp togʻ!
Xudo makon qilib tanlagan toqqa#67:17 Xudo makon qilib tanlagan togʻ — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 47:3 ning ikkinchi izohiga qarang.
Nega hasad bilan qaraysan?
Egamiz to abad u yerda istiqomat qiladi.
18Xudoning jang aravalari son–sanoqsizdir,
Rabbiy Sinaydan muqaddas makoniga keladi.
19Yuksaklarga#67:19 Yuksaklar — Sion togʻida joylashgan Maʼbad nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Sano ijodkori Rabbiyni oʻz taxtiga koʻtarilayotgan gʻolib shoh sifatida tasvirlaydi. chiqdi U,
Asirlarni ortidan ergashtirdi.
Xalqlardan hadyalar oldi,
Hatto gunohkor isyonchilardan ham tuhfalar oldi.
Axir, Parvardigor Egamiz u yerda yashaydi!
20Rabbiyga olqishlar boʻlsin,
U har kuni ogʻirligimizni koʻtaradi.
Xudo bizning najotimizdir.
21Xudoyimiz — najot berguvchi Xudo,
Egamiz Rabbiy oʻlimdan qutqaradi.
22Xudo shubhasiz dushmanlar boshini yanchadi,
Gunoh yoʻlidan yurgan odamning
Bosh suyaklarini ham ezadi.
23Rabbiy shunday deydi:
“Dushmanlaringni Bashandan qaytarib kelaman,
Ularni dengiz tubidan olib kelaman.
24Oyogʻingni dushmanlaring qoniga botirasan,
Itlaring ham dushman qonini yalab,
Oʻz ulushini oladi.”
25Ey Xudo, zafarli karvoning koʻrinmoqda!
Xudoyim, mening Shohim, Sening karvoning
Muqaddas makoningga borayotgani koʻrinmoqda!
26Oldinda qoʻshiqchilar, orqada sozandalar,
Ularning oʻrtasida childirma chalgan qizlar kuylar:
27“Olqishlar ayting Xudoga buyuk jamoa ichra,
Hamdu sanolar oʻqing Egamizga,
Ey Isroilning manbaidan paydo boʻlganlar!”
28Ularning eng kichigi — Benyamin qabilasi oldinda keladi,
Ortidan toʻp boʻlib Yahudo shahzodalari keladi,
Zabulun, Naftali#67:28 …Benyamin…Yahudo…Zabulun, Naftali… — Isroil xalqining qabilalaridan toʻrttasi. Benyamin va Yahudo qabilalari Isroil yurtining janubida, Zabulun va Naftali qabilalari shimolida joylashgan edi. shahzodalari ularga ergashadi.
29Ey Xudo, koʻrsatgin qudratingni!#67:29 Ey Xudo, koʻrsatgin qudratingni! — koʻplab ibroniy qoʻlyozmalaridan, qadimiy yunoncha va suryoniycha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Sizlar qudratli boʻlasizlar, deb Xudoyingiz qaror qilgan edi.
Ey Xudo, avvalgiday namoyon qil kuchingni!
30Quddusdagi Maʼbading haqi–hurmati
Shohlar Senga hadyalar keltiradi.
31Misrga, qamishzor orasidagi oʻsha yovvoyi hayvonga#67:31 …qamishzor orasidagi oʻsha yovvoyi hayvon… — Nil daryosidagi begemot nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Begemot Misr xalqining ramzi edi. tanbeh ber,
Xalqlarga, oʻsha buqalar podasiga, buzoqlariga tanbeh bergin.
Senga taʼzim qilib, kumushlarini nazr qilishsin.
Urushdan lazzatlanuvchi bu xalqlarni toʻzgʻitgin.
32Misrdan bronza keltiriladi#67:32 Misrdan bronza keltiriladi… — yoki Aslzodalar Misrdan keladi….,
Habashiston#67:32 Habashiston — ibroniycha matnda Kush. Bu joy Misrdan janubda boʻlib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini oʻz ichiga olgan edi. Senga qoʻllarin choʻzib, ey Xudo,
Oʻlpon toʻlashga shoshilib qoladi.
33-34Xudoni tarannum eting, ey yer yuzi shohliklari,
Samolar — azaliy samolar uzra chiqqan,
Haybatli ovozi gulduragan
Rabbiyga hamdu sanolar kuylang.
35Hammaga eʼlon qiling Xudoning qudratini,
Uning ulugʻvorligi Isroil ustidadir,
Uning qudrati samolardadir.
36Xudo qoʻrqinchlidir Oʻzining muqaddas maskanida,
Isroil xalqining Xudosi kuch–qudrat berar Oʻz xalqiga.
Xudoga olqishlar boʻlsin!
Currently Selected:
Zabur 67: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020