Zabur 66
66
66–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar joʻrligida aytiladigan sano. Qoʻshiq.
2Ey Xudo, mehribon boʻlgin, baraka bergin bizga,
Yuzing nurini sochgin lutf ila ustimizga,
3Zaminda maʼlum boʻladi Sening yoʻllaring,
Jamiki xalqlar orasida maʼlum boʻladi Sening najoting.
4Ey Xudo, xalqlar Seni madh qilsin,
Jamiki xalqlar Senga hamdu sano aytsin.
5Xalqlarni Sen odillik ila hukm qilasan,
Zamin uzra elatlarga yoʻlboshchilik qilasan,
Sevinsin xalqlar, shodlanib qoʻshiq aytsin.
6Ey Xudo, xalqlar Seni madh qilsin,
Jamiki xalqlar Senga hamdu sano aytsin.
7Yer oʻz hosilini bersin,
Xudoyimizning Oʻzi bizga baraka bersin.
8Ha, Xudo bizga baraka bersin!
Yerning toʻrt tomonidagi xalqlar Unga tiz choʻksin.
Currently Selected:
Zabur 66: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020