Zabur 65
65
65–SANO
Ijrochilar rahbariga. Sano. Qoʻshiq.
1Xudoga shodlik ila hayqiring,
Ey yer yuzidagi insonlar!
2Xudoning ulugʻvorligini kuylang!
Unga ajoyib hamdu sanolar ayting!
3Xudoga aytinglar:
“Sening ishlaring naqadar gʻaroyib!
Qudrating buyukligidan
Dushmanlaring oldingda titrab tiz choʻkadi.
4Butun zamin Senga sajda qiladi,
Ular Senga hamdu sano aytadi,
Ha, Oʻzingga hamdu sano kuylaydi.”
5Kel! Xudo nima qilganini koʻrgin!
Inson manfaati uchun qilgan
Gʻaroyib ishlarini koʻrgin!
6Xudo dengizni quruq yerga aylantirdi,
Ota–bobolarimiz bahrdan yurib oʻtdi#65:6 Xudo dengizni quruq yerga aylantirdi, Ota–bobolarimiz bahrdan yurib oʻtdi… — Chiqish 14:21-22 ga qarang.,
U yerda qilgan ishlaridan,
Xudo tufayli biz sevinamiz.
7Qudrati ila to abad hukm suradi,
Koʻzlari xalqlarni kuzatib turadi,
Unga qarshi isyonchilar qoʻzgʻalmasin.
8Ey xalqlar, Xudoyimizga olqishlar ayting,
Uning hamdu sanosi yangrasin.
9U bizning hayotimizni saqlagan,
Oyoqlarimizni toyib ketishdan asragan.
10Ey Xudo, Sen bizni sinading,
Kumushni tozalaganday bizni tozalading.
11Bizni tuzoqqa yoʻliqtirding,
Yelkamizga ogʻir yuk ortding.
12Aravalarni boshimiz uzra yurgizding,
Olov, suvlardan biz kechib oʻtdik,
Farovonlikka#65:12 Farovonlik — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha, suryoniycha va lotincha tarjimalarda keng yer, yaʼni ozod, bexatar oʻlka. bizni olib kelding.
13Kuydiriladigan qurbonliklar bilan
Senga bergan ontimni ado etgani
Men Sening uyingga kelaman.
14Kulfatda qolganimda ont ichgan edim,
Tilim vaʼda bergan, ogʻzim soʻylagan edi.
15Boʻrdoqilarni kuydirib, Senga qurbonlik qilaman.
Qoʻchqor, taka, buqalarni keltiraman.
Qurbonliklarning hidi samoga yetib boradi.
16Ey Xudodan qoʻrqqanlar, kelib eshitinglar,
Men uchun U nima qilganin soʻzlab berayin.
17Madad soʻrab Xudoga yolvordim,
Uning hamdu sanosi hech tilimdan tushmadi.
18Yuragimda gunohim boʻlsa edi,
Meni aslo eshitmas edi Rabbiy.
19Xudo meni tingladi,
Ibodat qilganimda, ovozimni eshitdi.
20Xudoga olqishlar boʻlsin!
Ibodatimni U rad qilmadi,
Sodiq sevgisini mendan darigʻ tutmadi.
Currently Selected:
Zabur 65: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020