Zabur 64
64
64–SANO
1Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi. Qoʻshiq.
2Ey Quddusdagi#64:2 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 2:6 izohiga qarang. Xudo, Sen loyiqsan hamdu sanoga,
Senga bergan ontimizni bajo qilamiz.
3Sensan ibodatlarga javob berguvchi,
Jamiki odamzod Senga keladi.
4Gunoh ustimizdan#64:4 ustimizdan — qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda ustimdan. tantana qilgan,
Sen esa kechirasan gunohlarimizni#64:4 …kechirasan gunohlarimizni — yoki …poklaysan gunohlarimizdan..
5Qutlugʻ hovlimda yashasin deya,
Sen Oʻzing tanlab, olib kelgan inson
Naqadar baxtlidir!
Uyingning, muqaddas Maʼbadingning neʼmatlaridan
Biz bahramand boʻlamiz.
6Gʻaroyib ishlar koʻrsatib,
Gʻalaba ila bizga javob berasan,
Ey najotkorimiz Xudo!
Yerning toʻrt tomonining,
Hamda eng uzoq dengizlarning umidi Sensan.
7Kuch bilan Oʻzingni qurollantirgansan,
Qudrating ila togʻlarni joylashtirgansan.
8Dengizlar hayqirigʻini bostirasan,
Toʻlqinlar shovqinini tinchitasan.
Xalqlar shovqin–suroniga barham berasan.
9Dunyoning u chetida yashovchilar
Moʻjizalaringdan qoʻrquvga tushadi.
Sharqdan gʻarbgacha xalqlar
Sening ishlaringni sevinch ila kuylaydi.
10Zaminni Sen sugʻorib parvarishlaysan,
Moʻl–koʻl qilib uni boyitasan.
Ey Xudo, daryolaring suvi limmo–limdir,
Insonlarni don–dun bilan taʼminlashni moʻljallagansan.
11Egatlarini qondirib sugʻorasan,
Baland joylarini Oʻzing tekislaysan,
Yomgʻir bilan tuprogʻini yumshatasan,
Hosiliga baraka berasan.
12Moʻl hosil bilan yilga toj kiygizasan,
Aravalaring yurgan yoʻllardan boylik oqadi.
13Choʻl sersuv oʻtloqzorlarga aylanadi,
Tepaliklar sevinchga burkanadi.
14Yaylovlar qoʻy suruvlari bilan qoplanadi,
Vodiylar donlarga toʻladi,
Ular sevinchdan hayqirib qoʻshiq aytadi.
Currently Selected:
Zabur 64: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020