Zabur 102
102
102–SANO
Dovud sanosi.
1Egamizni olqishlagin, ey jonim,
Uning muqaddas nomini olqishla, ey vujudim!
2Egamizni olqishlagin, ey jonim,
Uning qilgan hamma yaxshiliklarini unutmagin!
3Hamma gunohlarimni U kechiradi,
Barcha xastaliklarimga U shifo beradi.
4Meni qabrdan U qutqaradi,
Sevgi, shafqat ila menga toj kiygizadi.
5Hayotimni#102:5 Hayotim — yoki Orzu–istaklarim. neʼmat ila U qondiradi,
Yoshligim burgutning kuchiday yangilanadi.
6Egamiz toʻgʻri ish qiladi,
Mazlumlarga adolat qiladi.
7Oʻz yoʻllarini U Musoga maʼlum qilgan,
Ishlarini Isroil xalqiga namoyon etgan.
8Egamiz rahmdil, inoyatlidir,
Jahli tez chiqmaydi, sodiq sevgisi moʻldir.
9U doimo bizni ayblamaydi,
Yoki to abad gʻazabini sochmaydi.
10Bizni U gunohlarimizga qarab jazolamas,
Yomonliklarimizga qarab qaytarmas.
11Samolar zamindan naqadar balanddir!
Egamizning sodiq sevgisi ham
Undan qoʻrqqanlarga shunday yuksakdir!
12Sharq gʻarbdan qanchalik uzoq boʻlsa,
Gunohlarimizni bizdan shu qadar uzoq qiladi.
13Ota bolalariga shafqat qilganday,
Egamiz Oʻzidan qoʻrqqanlarga rahm qiladi.
14Biz qanday yasalganimizni U biladi,
Biz tuproq ekanimizni#102:14 …Biz tuproq ekanimiz… — Ibtido 3:19 ga qarang. U yodida tutadi.
15Insonmiz, maysaga oʻxshar umrimiz,
Dasht guliga oʻxshab gullaymiz.
16Shamol esar, maysa yoʻq boʻlar,
Uni oʻz joyi eslamay qoʻyar.
17Ammo Egamizning sodiq sevgisi
Abadulabad Undan qoʻrqqanlar bilan birgadir!
Uning sodiqligi esa ularning nasliga oʻtadi.
18Ha, Egamiz sodiq qoladi Uning ahdiga rioya qilganlarga,
Uning amrlariga sadoqat ila itoat etganlarga.
19Egamiz taxtini oʻrnatgandir samoda,
Uning shohligi hukmrondir hamma yerda.
20Egamizni olqishlang, ey Uning farishtalari,
Uning amrini ijro qiluvchi bahodirlar,
Uning soʻzlariga itoat etuvchilar!
21Ey Egamizning samoviy lashkarlari!
Uning irodasini ijro etuvchi xizmatkorlari!
Egamizni olqishlang!
22Ey Egamiz yaratganlarning hammasi!
U hukmron boʻlgan har bir joyda
Uni olqishlanglar!
Ey jonim! Egamizni olqishla!
Currently Selected:
Zabur 102: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020