Sahroda 26
26
26–BOB
Isroil xalqi ikkinchi marta roʻyxatga olinadi
1Oʻlatdan soʻng Egamiz Muso bilan ruhoniy Horun oʻgʻli Elazarga dedi: 2“Jamiki Isroil xalqining urushga yaroqli boʻlgan yigirma va undan yuqori yoshdagi hamma erkaklarini xonadoni boʻyicha sanab chiqinglar.”
3Bu paytda Isroil xalqi Moʻab tekisligida, Yerixo shahri roʻparasidagi Iordan daryosi boʻyida qarorgoh qurgan edi. Muso bilan ruhoniy Elazar xalqqa: 4“Egamiz bizga amr qilganday yigirma yoshdan yuqori boʻlgan erkaklarini sanab chiqinglar”, deb aytishdi. Misr yurtidan chiqqan jamiki Isroil xalqining roʻyxati quyidagicha edi:
5Ruben Isroilning#26:5 Isroil — Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang). toʻngʻichidir. Ruben oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar mana shulardir: Xanoʻxdan Xanoʻx urugʻi, Palluvdan Palluv urugʻi, 6Xazrondan Xazron urugʻi, Karmidan Karmi urugʻi kelib chiqqan. 7Ruben urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 43.730 kishi chiqdi.
8Palluvning Eliyob degan oʻgʻli bor edi, 9Eliyobning esa Namuvol, Datan va Aburam degan oʻgʻillari bor edi. Datan va Aburam Isroil yoʻlboshchilari edi. Koʻraxning izdoshlari Egamizga qarshi isyon koʻtarishganda#26:9 Koʻraxning izdoshlari Egamizga qarshi isyon koʻtarishganda… — 16:1-35 ga qarang., Datan va Aburam ham ularga qoʻshilishib, Muso bilan Horunga qarshi bosh koʻtargan edilar. 10Yer yorilib, Koʻrax bilan birga ularni ham yutib yuborgandi. Oʻsha kuni alanga Koʻraxning 250 nafar izdoshini kuydirib yoʻq qilgandi. Mana shu voqea xalqqa ogohlantirish edi. 11Lekin Koʻraxning oʻgʻillari oʻsha kuni omon qoldi.
12Shimoʻn oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Namuvoldan Namuvol urugʻi, Yomindan Yomin urugʻi, Yoxindan Yoxin urugʻi, 13Zeraxdan Zerax urugʻi, Shovuldan Shovul urugʻi kelib chiqqan. 14Shimoʻn urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 22.200 kishi chiqdi.
15Gad oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Zafoʻndan Zafoʻn urugʻi, Xagidan Xagi urugʻi, Shunodan Shuno urugʻi, 16Oznaxdan Oznax urugʻi, Yeridan Yeri urugʻi, 17Aroʻddan Aroʻd urugʻi, Eralidan Erali urugʻi kelib chiqqan. 18Gad urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 40.500 kishi chiqdi.
19-20Yahudo oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Shelodan Shelo urugʻi, Parazdan Paraz urugʻi, Zeraxdan Zerax urugʻi kelib chiqqan. Yahudoning ikki oʻgʻli Gʻur va Oʻnan Kanʼon yurtida olamdan oʻtgan edilar#26:19-20 …Gʻur va Oʻnan Kanʼon yurtida olamdan oʻtgan edilar — Ibtido 38:1-10 ga qarang.. 21Parazdan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Xazrondan Xazron urugʻi, Xomuldan Xomul urugʻi kelib chiqqan. 22Yahudo urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 76.500 kishi chiqdi.
23Issaxor oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Toʻlodan Toʻlo urugʻi, Puvaxdan Puvax urugʻi, 24Yoshuvdan Yoshuv urugʻi, Shimrondan Shimron urugʻi kelib chiqqan. 25Issaxor urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 64.300 kishi chiqdi.
26Zabulun oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Sareddan Sared urugʻi, Eloʻndan Eloʻn urugʻi, Yaxliyoldan Yaxliyol urugʻi kelib chiqqan. 27Zabulun urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 60.500 kishi chiqdi.
28Yusufning oʻgʻillari Manashe va Efrayimdan kelib chiqqan urugʻlar quyidagilardir:
29Manashedan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Moxirdan Moxir urugʻi kelib chiqdi. Gilad urugʻi Moxirning oʻgʻli Giladdan kelib chiqqan. 30Giladdan kelib chiqqan urugʻlar quyidagichadir: Yazardan Yazar urugʻi, Xalekdan Xalek urugʻi, 31Osriyoldan Osriyol urugʻi, Shakamdan Shakam urugʻi, 32Shamidodan Shamido urugʻi, Xaferdan Xafer urugʻi kelib chiqqan. 33Xafer oʻgʻli Zalofxodning oʻgʻli yoʻq, qizlari bor edi, xolos. Zalofxod qizlarining ismlari Maxlo, Nuvah, Xoʻglax, Milxo va Tirza edi. 34Manashe urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 52.700 kishi chiqdi.
35Efrayim oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Shutalaxdan Shutalax urugʻi, Boxirdan Boxir urugʻi, Taxandan Taxan urugʻi kelib chiqqan. 36Shutalax oʻgʻli Irondan Iron urugʻi kelib chiqqan. 37Efrayim urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 32.500 kishi chiqdi.
Yusuf nasli ana shulardan iboratdir.
38Benyamin oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Belaxdan Belax urugʻi, Oshboldan Oshbol urugʻi, Oxiramdan Oxiram urugʻi, 39Shafufamdan Shafufam urugʻi, Xufamdan Xufam urugʻi kelib chiqqan. 40Belaxning oʻgʻillari Ard va Noʻmondan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Arddan Ard urugʻi, Noʻmondan Noʻmon urugʻi kelib chiqqan. 41Benyamin urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 45.600 kishi chiqdi.
42Dan oʻgʻli Xushimdan Xushim#26:42 …Xushimdan Xushim… — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shuxom. Uning Xushim degan shakli Ibtido 46:23 dan olingan. urugʻi kelib chiqqan. Dan urugʻlari shulardan iboratdir: 43butun Dan nasli Shuxom urugʻidan tashkil topgan edi. Ular sanalganda, 64.400 kishi chiqdi.
44Osher oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Yimnaxdan Yimnax urugʻi, Yishvidan Yishvi urugʻi, Bariyodan Bariyo urugʻi kelib chiqqan. 45Bariyo oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Xaberdan Xaber urugʻi, Malxiyoldan Malxiyol urugʻi kelib chiqqan. 46Osherning Serax degan qizi ham bor edi. 47Osher urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 53.400 kishi chiqdi.
48Naftali oʻgʻillaridan kelib chiqqan urugʻlar shulardir: Yaxziyoldan Yaxziyol urugʻi, Goʻnodan Goʻno urugʻi, 49Izardan Izar urugʻi, Shillemdan Shillem urugʻi kelib chiqqan. 50Naftali urugʻlari mana shulardan iboratdir. Ular sanalganda, 45.400 kishi chiqdi.
51Shunday qilib, Isroil xalqining hamma erkaklari sanalganda, 601.730 kishi chiqdi.
52Egamiz Musoga dedi: 53“Yerni odamlarning soniga qarab qabilalarga mulk qilib boʻlib ber. 54Katta qabilaga kattaroq ulush ber, kichik qabilaga kichikroq ulush ber. Har bir qabilaga roʻyxatga olingan odamlarning miqdoriga qarab ulush berilsin. 55Yerni qabilalarga roʻyxatdagi odamlarning soniga qarab boʻlib berayotganingizda, qurʼa tashlanglar#26:55 …qurʼa tashlanglar — qurʼa tashlashda yogʻoch boʻlaklari yoki toshlar ishlatilgan boʻlib, shu orqali Xudoning xohish–irodasi aniqlangan. Baʼzan odamlar qurʼa tashlab, Xudodan biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligini soʻrashgan.. 56Har bir qabilaning ulushi qabilaning katta–kichikligiga qarab qurʼa boʻyicha taqsimlansin.”
57Levi qabilasining roʻyxati esa, urugʻlari boʻyicha, quyidagichadir:
Gershondan Gershon urugʻi, Qohotdan Qohot urugʻi, Maroridan Marori urugʻi kelib chiqqan. 58Bu urugʻlardan: Lubnax urugʻi, Xevron urugʻi, Maxli urugʻi, Mushi urugʻi, Koʻrax urugʻi kelib chiqqan.
Qohot Imromning otasi edi. 59Imromning xotini esa Yoʻxavad degan ayol edi. Yoʻxavad Levining qizi boʻlib, u Misrda tugʻilgan edi. Yoʻxavad Imromga ikki oʻgʻil — Horun va Musoni hamda bir qiz — Maryamni tugʻib berdi. 60Horunning Nadov, Abihu, Elazar, Itamar degan oʻgʻillari bor edi. 61Nadov va Abihu Egamiz amr etmagan olovni Uning huzuriga olib kelganlari uchun nobud boʻlgan edilar#26:61 Nadov va Abihu…nobud boʻlgan edilar — 3:1-4 ga va Levilar 10:1-2 ga qarang..
62Shunday qilib, Levi qabilasining bir oylik oʻgʻil bolalaridan tortib, katta yoshdagi erkaklarigacha sanalganda, 23.000 kishi chiqdi. Levilarga Isroil xalqi orasida ulush berilmagani uchun, ular Isroil xalqi qatorida roʻyxatga olinmagan edi.
63Muso bilan ruhoniy Elazar Moʻab tekisligida, Yerixo shahri roʻparasidagi Iordan daryosi boʻyida roʻyxatga olgan Isroil xalqi ana shulardan iborat edi. 64Muso bilan ruhoniy Horun Sinay sahrosida roʻyxatga olgan odamlarning birortasi bu roʻyxatga kirmadi, 65chunki Egamiz Isroil xalqining oʻsha avlodiga: “Sizlar sahroda oʻlib ketasizlar”, deb aytgandi#26:65 …Egamiz…aytgandi — 14:26-35 ga qarang.. Ulardan faqat Natan oʻgʻli Xolib va Nun oʻgʻli Yoshua tirik qolgan edi.
Currently Selected:
Sahroda 26: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020