Sahroda 17
17
17–BOB
Horunning tayogʻi
1Shundan keyin Egamiz Musoga dedi:
2— Isroil xalqiga ayt, ular har bir qabila yoʻlboshchisining tayogʻini#17:2 …qabila…tayoq… — bu oyatda soʻz oʻyini ishlatilgan. Ibroniychadagi qabila soʻzi tayoq maʼnosida ham ishlatiladi. olib kelishsin. Hammasi boʻlib oʻn ikkita tayoq boʻlsin. Har bir qabila yoʻlboshchisining ismini oʻz tayogʻiga yozib qoʻyinglar. 3Levi qabilasining tayogʻiga Horunning ismini yozinglar, har bir qabila yoʻlboshchisidan bittadan tayoq boʻlishi lozim. 4Sen tayoqlarni Uchrashuv chodiriga olib kirib, Men sen bilan uchrashadigan joyga — Ahd sandigʻi#17:4 Ahd sandigʻi — ibroniycha matnda Guvohlik (shu bobning 10–oyatida ham bor), Ahd sandigʻining yana bir nomi. 4:5 izohiga qarang. oldiga qoʻy. 5Men tanlagan odamning tayogʻi kurtak chiqaradi. Shunday qilib, senga qarshilik qilayotgan Isroil xalqining mingʻirlab nolishlariga Men chek qoʻyaman.
6Muso Isroil xalqiga Egamizning gaplarini aytdi. Yoʻlboshchilar har bir qabila nomidan bittadan tayoqni berishdi, hammasi boʻlib oʻn ikkita tayoq boʻldi. Horunning tayogʻi ham oʻsha tayoqlar orasida edi. 7Muso tayoqlarni Muqaddas ahd chodiriga#17:7 Muqaddas ahd chodiri — ibroniycha matnda Guvohlik chodiri (shu bobning 8–oyatida ham bor). 1:50 izohiga qarang. — Egamizning oldiga qoʻydi.
8Ertasi kuni Muso Muqaddas ahd chodiriga kirib qarasa, Horunning Levi qabilasini ifoda etgan tayogʻi kurtak yozibdi, koʻkarib, gullabdi, hatto bodom tugibdi. 9Muso Egamizning huzuridagi hamma tayoqlarni Isroil xalqi oldiga olib chiqib koʻrsatdi. Har bir yoʻlboshchi oʻz tayogʻini oldi. 10Egamiz Musoga shunday amr berdi:
— Horunning tayogʻini Ahd sandigʻi oldiga qaytarib olib borib qoʻy. Tayoq doimo oʻsha yerda saqlanib, isyonchilarni ogoh qilib tursin. Shunday qilib, sen ularning mingʻirlab nolishlariga chek qoʻyib, ularning qirilib ketishiga yoʻl qoʻymaysan.
11Egamiz qanday amr etgan boʻlsa, Muso hammasini bajardi.
12Isroil xalqi esa Musoga faryod qildi:
— Shoʻrimiz quridi! Kunimiz bitdi! 13Egamizning Muqaddas chodiriga yaqin borganlar nobud boʻlishadi. Biz hammamiz qirilib ketamiz!
Currently Selected:
Sahroda 17: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: