YouVersion Logo
Search Icon

Matto 2

2
2–BOB
Sharqdan kelgan munajjimlar
1Iso shoh Hirodning hukmronligi davrida#2:1 Hirod — Buyuk Hirod unvoni bilan ham tanilgan boʻlib, u miloddan oldingi 37-4 yillarda butun qadimgi Falastinda hukmronlik qilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi FALASTIN soʻziga qarang., Yahudiyadagi Baytlahm shahrida tugʻilgan edi. Oradan koʻp oʻtmay sharqdan Quddusga munajjimlar kelishdi. 2Ular:
— Yahudiylarning yangi tugʻilgan shohi qayerda? — deb soʻradilar. — Biz Uning yulduzi chiqqanini koʻrdik#2:2 …Uning yulduzi chiqqanini koʻrdik — yoki …sharqda Uning yulduzini koʻrdik.. Unga taʼzim qilgani keldik.
3Bu gapni eshitib shoh Hirod ham, butun Quddus aholisi ham bezovtalanib qoldi. 4Hirod barcha bosh ruhoniylarni va Tavrot tafsirchilarini#2:4 Tavrot tafsirchilari — Musoning qonunini juda yaxshi bilgan ziyoli odamlar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi TAVROT TAFSIRCHISI iborasiga qarang. toʻplab, ulardan:
— Masih#2:4 Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar yozilgan. Yangi Ahdga koʻra Rabbimiz Iso oʻsha Masihdir. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MASIH soʻziga qarang. qayerda tugʻilishi kerak? — deb soʻradi. 5Ular shunday javob berdilar:
— Yahudiyadagi Baytlahm shahrida, chunki paygʻambarning bitiklarida shunday yozilgan:
6“Ey Yahudo yurtidagi Baytlahm!
Sen Yahudoning buyuk shaharlaridan hech kam emassan.
Zero, sendan bir Hukmdor chiqadi,
U xalqim Isroilga choʻponlik qiladi.”#2:6 Mixo 5:2 ga qarang.
7Shundan keyin Hirod hech kimga bildirmay munajjimlarni chaqirib, ulardan yulduz paydo boʻlgan aniq vaqtni bilib oldi. 8Soʻng ularni Baytlahmga joʻnatayotib, dedi:
— Baytlahmga boringlar, Bola toʻgʻrisida hamma narsani aniq bilib olinglar. Bolani topganlaringizdan keyin, menga xabar beringlar, toki men ham borib, Unga taʼzim qilayin.
9-10Munajjimlar shohning soʻzlarini eshitib boʻlib, yoʻlga tushdilar. Ularga oldin koʻringan yulduz#2:9-10 Ularga oldin koʻringan yulduz — yoki Ular sharqda koʻrgan yulduz. yana paydo boʻldi, munajjimlar rosa xursand boʻldilar. Yulduz ularga yoʻl koʻrsatib bordi va nihoyat, Bola yotgan joy tepasiga kelib toʻxtadi. 11Munajjimlar uyga kirib, Bolani va Uning onasi Maryamni koʻrdilar. Tiz choʻkib, Bolaga taʼzim qildilar. Soʻng xazinalar solingan qutichalarini ochib, Unga oltin, xushboʻy tutatqilar va mirrani#2:11 mirra — maʼlum bir daraxtlarning qotgan yelimidan tayyorlangan qimmatbaho xushboʻy modda. tortiq qildilar. 12Hirodning oldiga qaytmasliklari toʻgʻrisida ular tushlarida ogohlantirilgandan keyin, boshqa yoʻl bilan oʻz yurtiga qaytib ketdilar.
Yusuf Maryam va chaqaloqni Misrga olib qochadi
13Munajjimlar ketganlaridan keyin, Egamizning bir farishtasi Yusufga tushida zohir boʻlib dedi: “Tur! Bola bilan onasini olib, Misrga qoch. Chunki Hirod Bolani topib, oʻldirmoqchi. Men senga aytmagunimcha, Misrda qol.” 14Yusuf oʻrnidan turib, Bola bilan Maryamni oldi–yu, tunda Misrga joʻnadi. 15Hirodning ajali yetguncha, u yerda qoldi. Egamizning paygʻambar orqali: “Men Oʻgʻlimni Misrdan chaqirib oldim”#2:15 Xoʻsheya 11:1 ga qarang., deb aytgan bashorati bajo boʻlishi uchun bu voqea yuz bergandi.
Baytlahmda bolalar oʻldiriladi
16Hirod munajjimlarning aldab ketganini bilib, gʻazabga mindi. U Baytlahmdagi va uning atroflaridagi ikki yoshgacha boʻlgan hamma oʻgʻil bolalarni qilichdan oʻtkazishni buyurdi. Chunki munajjimlarning aytgani boʻyicha yulduz taxminan ikki yil oldin chiqqan edi. 17Shunday qilib, Yeremiyo paygʻambarning aytganlari bajo boʻldi:
18“Rama shahridan#2:18 Rama shahri — Quddusdan qariyb 8 kilometr shimolda joylashgan. Rohilaning maqbarasi Rama shahrining yaqinida, Zilzax degan yerda edi (1 Shohlar 10:2 ga qarang). Rohila Yoqubning xotini edi, Yoqub Isroil xalqining bobokaloni edi. bir nido eshitilar,
Achchiq bir nolayu ohu figʻon bu.
Bolalari uchun yigʻlar Rohila,
Ovunishni xohlamas, chunki ular endi yoʻq.”#2:18 Yeremiyo 31:15 ga qarang.
Yusuf oilasi bilan Misrdan qaytib keladi
19Hirod vafot etgandan keyin Yusuf Misrda ekan, Egamizning bir farishtasi unga tushida zohir boʻlib dedi: 20“Tur, Bola bilan onasini olib, Isroil yurtiga qaytib bor. Bolaning joniga qasd qilganlar olamdan oʻtdi.”
21Shunda Yusuf Bola bilan Maryamni olib, Isroil yurtiga yoʻl oldi. 22Ammo Yahudiyada Hirod oʻrniga uning oʻgʻli Arxelayus#2:22 Arxelayus — Yahudiya, Samariya va Idumeya hududlarida hukmronlik qilgan. hukmronlik qilayotganini eshitib, u yerga borishga qoʻrqdi. Soʻng tushida ham Yahudiyaga bormaslik haqida ogohlantirilgandan keyin, Jalila hududiga yoʻl oldi. 23U yerga borib, Nosira degan shaharga joylashdi. Shunday qilib, Egamiz paygʻambarlar orqali: “Uni Nosiralik deb ataydilar”, deb aytgan bashorati#2:23 …Egamiz paygʻambarlar orqali…aytgan bashorati… — paygʻambarlarning, Masih haqoratlanadi, rad etiladi, degan bashoratlariga ishora boʻlishi mumkin (Zabur 21:7-8, Ishayo 53:3 ga qarang). Nosira ahamiyatga ega boʻlmagan kichkinagina shahar edi. Oʻsha davrlarda odamlar Nosiraliklarga past nazar bilan qarar edilar (Yuhanno 1:45-46 ga qarang). bajo boʻldi.

Currently Selected:

Matto 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy