YouVersion Logo
Search Icon

Matto 1

1
1–BOB
Iso Masihning nasl–nasabi
1Ibrohim va Dovud avlodidan boʻlgan Iso Masihning nasabnomasi#1:1 Iso Masihning nasabnomasi — shu bobning 1-16–oyatlarida Isoning Yusuf orqali boʻlgan nasabnomasi keltirilgan. Mazkur roʻyxatdagi …dan…tugʻildi degan ibora maʼnosi uning avlodi edi boʻlishi ham mumkin. Odatda Muqaddas Kitobda berilgan nasabnomalarda hamma nasllarning toʻliq roʻyxati berilmay, faqat maʼlum bir avlodning maʼlum bir ajdoddan kelib chiqqani koʻrsatiladi. Baʼzi hollarda esa biror nasabdan tarqalgan nasllarning sonini koʻrsatish maqsadida nasabnomaga ismlar kiritiladi (shu bobning 17–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang). quyidagicha:
Ibrohimdan Dovudgacha
2Ibrohimdan Isʼhoq tugʻildi.
Isʼhoqdan Yoqub tugʻildi.
Yoqubdan Yahudo va uning aka–ukalari tugʻildilar.
3Yahudo va Tamaradan Paraz va Zerax tugʻildilar.
Parazdan Xazron tugʻildi.
Xazrondan Ram#1:3 Ram — yunoncha matnda bu ismning boshqa varianti Aram (shu bobning 4–oyatida ham bor). Uning Ram degan shakli 1 Solnomalar 2:9-10 dan olingan. tugʻildi.
4Ramdan Ominadav tugʻildi.
Ominadavdan Naxshoʻn tugʻildi.
Naxshoʻndan Salmoʻn tugʻildi.
5Salmoʻn va Rahobadan Boʻaz tugʻildi.
Boʻaz va Rutdan Obid tugʻildi.
Obiddan Essay tugʻildi.
6Essaydan shoh Dovud tugʻildi.
Dovud davridan Isroil xalqi Bobilga surgun boʻlgan davrgacha
Dovuddan Sulaymon tugʻildi.
Sulaymonning onasi marhum Uriyoning xotini edi.
7Sulaymondan Raxabom tugʻildi.
Raxabomdan Abiyo tugʻildi.
Abiyodan Oso tugʻildi.
8Osodan Yohushafat tugʻildi.
Yohushafatdan Yohuram tugʻildi.
Yohuramdan#1:8 …Yohuram…Yohuram… — yunoncha matnda bu ismning boshqa varianti Yoram. Uning Yohuram degan shakli 3 Shohlar 22:50 dan olingan. Uzziyo tugʻildi.
9Uzziyodan Yoʻtom tugʻildi.
Yoʻtomdan Oxoz tugʻildi.
Oxozdan Hizqiyo tugʻildi.
10Hizqiyodan Manashe tugʻildi.
Manashedan Omon tugʻildi.
Omondan Yoʻshiyo tugʻildi.
11Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davrda#1:11 Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davr — miloddan oldingi 586 yilda Bobil shohi Navuxadnazar Quddusni vayron qilib, aholining asosiy qismini Bobilga surgun qilgan edi (4 Shohlar 25:1-21 ga qarang).
Yoʻshiyo Yohayixinni#1:11 Yohayixin — yunoncha matnda Yoxoniyo, Yohayixinning yana bir ismi. Shu bobning 12–oyatida ham bor. va boshqa oʻgʻil farzandlarni koʻrdi#1:11 Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davrda Yoʻshiyo Yohayixinni va boshqa oʻgʻil farzandlarni koʻrdi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Yoʻshiyodan Yohayiqim tugʻildi. Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davrda Yohayiqim Yohayixinni va boshqa oʻgʻil farzandlarni koʻrdi. Yoʻshiyo Yohayixinning bobosi edi..
Isroil xalqi Bobilga surgun boʻlgan davrdan Iso davrigacha
12Isroil xalqi Bobilga surgun qilingandan keyin#1:12 Isroil xalqi Bobilga surgun qilingandan keyin… — miloddan oldingi 539 yilda Fors shohi Kurush Bobilni bosib oldi. Keyingi yili u Bobilda surgunda yashayotgan yahudiylarga Quddusga qaytib borishga va Maʼbadni qayta qurishga ijozat berdi (2 Solnomalar 36:20-23, Ishayo 44:28-45:4 ga qarang).
Yohayixindan Shaltiyol tugʻildi.
Shaltiyoldan Zarubabel#1:12 Zarubabel — Xaggey 1:1 ning oxirgi izohiga qarang. tugʻildi.
13Zarubabeldan Abihud tugʻildi.
Abihuddan Eliyaqim tugʻildi.
Eliyaqimdan Azzur tugʻildi.
14Azzurdan Zodoʻx tugʻildi.
Zodoʻxdan Oxiyom tugʻildi.
Oxiyomdan Elihud tugʻildi.
15Elihuddan Elazar tugʻildi.
Elazardan Matton tugʻildi.
Mattondan Yoqub tugʻildi.
16Yoqubdan Maryamning eri Yusuf tugʻildi.
Maryamdan esa Masih deb atalgan Iso tugʻildi.
17Shunday qilib, Ibrohimdan Dovudgacha hammasi boʻlib oʻn toʻrt nasl, Dovuddan to xalq Bobilga surgun qilingungacha oʻn toʻrt nasl va surgunlik davridan to Masih tugʻilgungacha oʻn toʻrt nasldir#1:17 …oʻn toʻrt nasl…oʻn toʻrt nasl…oʻn toʻrt nasldir — bu sonning qanday ramziy maʼnosi borligi bahsli. Oʻn toʻrt soni toʻliqlikka yoki barkamollikka nisbatan tanlangan boʻlishi mumkin, chunki yettini ikkiga koʻpaytirsa, oʻn toʻrt boʻladi. Yetti soni esa barkamollik ramzidir. Oʻn toʻrt soni Dovud uchun timsol qilib tanlangan boʻlishi ham mumkin, chunki ibroniy tilida har bir harf maʼlum bir sonni ifodalaydi va Dovud ismining ibroniycha harflarini ifodalaydigan sonlar qoʻshilganda oʻn toʻrt soni hosil boʻladi. Bular muallifning maqsadiga mos keladi, zotan u Isoning haqiqiy Masih — Dovudning oʻgʻli ekanligini koʻrsatmoqchi..
Iso Masihning tugʻilishi
18Iso Masihning tugʻilishi shunday sodir boʻldi: Isoning onasi Maryam Yusufga unashtirib qoʻyilgan edi. Ularning nikohidan oldin Maryam Muqaddas Ruhdan homilador ekanini bildi. 19Maryamning boʻlgʻusi eri Yusuf solih odam boʻlib, Maryamni sharmanda qilishni istamay, birovga bildirmasdan fotihasini buzmoqchi boʻldi. 20Yusuf bu haqda oʻylab yurganda, Egamizning bir farishtasi unga tushida zohir boʻlib dedi: “Ey Dovud oʻgʻli Yusuf! Maryamga uylanishdan qoʻrqma, chunki qornidagi Bola Muqaddas Ruhdan paydo boʻlgan. 21Maryam oʻgʻil tugʻadi, Uning ismini Iso#1:21 Iso — yunoncha matnda Iisus, bu ism ibroniycha Yoshua ismidan olingan boʻlib, Egamiz qutqaradi maʼnosini ifodalaydi. qoʻyasan, chunki U Oʻz xalqini gunohlardan qutqaradi.”
22Bu barcha voqealar Egamizning paygʻambar orqali aytgan quyidagi soʻzlari bajo boʻlishi uchun yuz bergan edi:
23“Qiz homilador boʻladi, u oʻgʻil tugʻadi,
Uning ismini Immanuil deb qoʻyishadi.”#1:23 Muallif bu oʻrinda Ishayo 7:14 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan. Bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha qiz soʻzi Ishayo 7:14 da ishlatilgan ibroniycha soʻzga oʻxshab, yosh ayolga yoki bokira qizga ishora qilishi mumkin (Ishayo 7:14 ning birinchi izohiga qarang). “Bokira qiz” iborasi Maryamni aniq tasvirlaydi, chunki Maryam er koʻrmagan edi.
Immanuil “Xudo biz bilan” deganidir.
24Yusuf uygʻonib ketdi. Egamizning farishtasi buyurgandek, u Maryamga uylandi. 25Ammo Maryam Oʻgʻilni#1:25 Oʻgʻil — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida toʻngʻich oʻgʻli. tugʻmaguncha Yusuf Maryamga yaqinlashmadi. Bola tugʻilganda esa Yusuf Unga Iso deb ism qoʻydi.

Currently Selected:

Matto 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in