Luqo 2:1-7
Luqo 2:1-7 O‘ZBMK
Oʻsha kunlarda Qaysar Avgust: “Butun Rim imperiyasidagi aholi roʻyxatga olinsin”, degan farmon chiqardi. Bu ilk aholi roʻyxati boʻlib, Suriyada Kviriniyus hokim boʻlgan paytda oʻtkazildi. Roʻyxatdan oʻtish uchun hamma oʻz shahriga bordi. Yusuf ham Jaliladagi Nosira shahridan Yahudiyaning Baytlahm shahriga yoʻl oldi. Bu shahar Dovud shahri edi. Yusuf Dovud xonadonidan, uning naslidan edi. Yusuf roʻyxatdan oʻtgani Maryamni ham oʻzi bilan olib ketdi. Maryam Yusufga unashtirilgan boʻlib, farzand kutayotgan edi. Ular oʻsha yerda boʻlganlarida Maryamning oy–kuni toʻldi. U oʻzining toʻngʻich oʻgʻlini tugʻdi. Uni yoʻrgaklab, oxurga yotqizib qoʻydi, chunki mehmonxonada ularga joy yoʻq edi.





