Hizqiyol 40
40
40–BOB
Maʼbad haqida vahiy
1Surgun boʻlgan paytimizning yigirma beshinchi yili birinchi oyining#40:1 Surgun boʻlgan paytimizning yigirma beshinchi yili birinchi oyi — miloddan oldingi 573 yilning birinchi oyi (1:1-3 ga va oʻsha oyatlarning oxirgi izohiga qarang). Ibroniy kalendarining Nison oyi nazarda tutilgan (Nison oyi Abib oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan martning oʻrtasidan boshlanadi. oʻninchi kunida Quddus qulaganiga oʻn toʻrt yil boʻlgan edi. Oʻsha kuni Egamizning qudrati meni qamrab olib, koʻtarib ketdi. 2Vahiyda Xudo meni Isroil yurtiga olib borib, juda baland bir togʻning ustiga turgʻizib qoʻydi. U yerdan men janub tomonda joylashgan shaharga oʻxshash bir nechta binoni koʻrdim. 3Xudo meni oʻsha yerga yaqinroq olib borganda, men darvoza yonida turgan bir odamni koʻrib qoldim. Oʻsha odamning butun vujudi yarqiroq misday tovlanib turar edi. Uning qoʻlida oʻlchov asboblaridan zigʻir arqon va chizgʻich bor edi. 4U menga shunday dedi: “Ey inson, men senga koʻrsatadigan hamma narsaga yaxshilab eʼtibor ber, sen shu sababdan bu yerga keltirilgansan. Yaxshilab quloq sol, chunki sen koʻrganlaringni Isroil xalqiga aytib berishing kerak.”
Sharqiy darvoza binosi
5Men Maʼbad hovlisini oʻrab turgan bir devorni koʻrdim. Darvoza yonida turgan oʻsha odam chizgʻichi bilan devorni oʻlchadi. Chizgʻichining uzunligi olti uzun tirsak boʻlib, har bir uzun tirsak bir tirsagu toʻrt enli edi#40:5 …har bir uzun tirsak bir tirsagu toʻrt enli edi — bir tirsak taxminan 45 santimetrga, toʻrt en taxminan 8 santimetrga toʻgʻri keladi. Demak, uzun tirsak taxminan 53 santimetrga toʻgʻri keladi. Ushbu kitob davomida “tirsak” soʻzi uzun tirsakka nisbatan ishlatilgan. Hizqiyol vahiyda koʻrgan Maʼbadning loyihasi lugʻatdan keyin ilova qilingan “Rasmlar va loyihalar” boʻlimida berilgan.. Devorning qalinligi olti tirsak, balandligi ham olti tirsak chiqdi. 6Soʻng u sharqiy darvoza binosining oldiga bordi. Zinalardan tepaga koʻtarilib, ostonani oʻlchadi. Ostona ikki yon devorining qalinligi olti tirsak chiqdi. 7Ostonadan yoʻlak boshlanar edi. Yoʻlakning ikki tomonida soqchilar uchun maxsus qurilgan uchtadan xona bor edi. Xonalarning eni va uzunligi bir xil — olti tirsakdan edi. Xonalarni ajratib turgan devorlarning qalinligi esa besh tirsak edi. Yoʻlakning oxirida dahliz ostonasi bor edi. Dahliz ostonasining ikki yon devori olti tirsak qalinlikda edi. 8Soʻng oʻsha odam dahlizni oʻlchadi. 9Dahlizning eni sakkiz tirsak edi. Dahliz eshigining ikki yon devorlari ikki tirsak qalinlikda edi. Bu dahliz darvoza binosining ichki tarafida, Maʼbadning roʻparasida joylashgan edi. 10Yoʻlakning ikki tomonidagi oʻsha soqchilar xonalari bir xil kattalikda, orasidagi devorlar ham bir xil qalinlikda edi. 11Soʻng oʻsha odam darvoza binosining ostonasini oʻlchadi. Ostonaning eni oʻn tirsak chiqdi. Yoʻlakning eni esa oʻn uch tirsak chiqdi. 12Har bir xonaning oldida balandligi va eni bir tirsak boʻlgan pastak devor bor edi. (Xonalarning uzunligi va eni olti tirsakdan edi.) 13Soʻngra oʻsha odam darvoza binosining shiftini koʻndalangiga, bir xonaning orqa devoridan tortib, roʻparadagi xonaning orqa devorigacha oʻlchadi. Shiftning eni 25 tirsak chiqdi. 14Keyin u dahliz eshigining ikki yon devorini oʻlchadi. Devorning balandligi 60 tirsak chiqdi. Darvoza binosining atrofi hovli edi. 15Darvoza binosining uzunligi, darvozadan tortib, to ichkaridagi dahlizgacha 50 tirsak edi. 16Xonalarning uchala devorida panjarali tuynuklar bor edi. Dahlizda ham panjarali tuynuklar bor edi. Dahliz eshigi yon devorlariga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi.
Tashqi hovli
17Oʻsha odam meni darvoza orqali Maʼbadning tashqi hovlisiga olib kirdi. Hovlining devori boʻylab oʻttizta hujra#40:17 oʻttizta hujra — sajda qiluvchilar bu hujralarda yigʻilib, qurbonlik goʻshtini tanovul qilishardi (misol uchun, Yeremiyo 35:2 ga qarang). qurilgan edi. Hujralarning old tomonida tosh yotqizilgan bir yoʻl bor edi. 18Bu yoʻl past yoʻl hisoblanar edi. Uning eni 50 tirsak edi. 19Soʻng men ichki hovliga olib kiradigan darvoza binosini koʻrdim. Oʻsha odam ichki darvoza binosi bilan tashqi darvoza binosi orasidagi masofani oʻlchadi. Masofa 100 tirsak chiqdi.
Shimoliy darvoza binosi
20Soʻng oʻsha odam tashqi hovlining shimoliy darvoza binosini oʻlchadi. 21Bu darvoza binosining ikki yon tomonidagi uchtadan boʻlgan soqchilar xonalari, dahliz va yon devorlarning oʻlchamlari sharqiy darvoza binosiniki bilan bir xil edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni 25 tirsak edi. 22Devorlardagi panjarali tuynuklar, dahliz va palma tasvirlarining oʻlchamlari sharqiy darvoza binosiniki bilan bir xil edi. Darvozaga yetti pogʻonali zina olib borar edi. Dahliz darvoza binosining ichki tomonida joylashgan edi. 23Shimoliy darvoza binosining roʻparasida ham sharqiy darvoza binosidagiday ichki hovliga olib kiradigan darvoza binosi bor edi. Oʻsha odam ichki darvoza binosidan tashqi darvoza binosigacha boʻlgan masofani oʻlchagan edi, masofa 100 uzun tirsak chiqdi.
Janubiy darvoza binosi
24Soʻng oʻsha odam meni janub tomonga olib bordi. Janub tomonda ham darvoza binosi bor edi. Oʻsha odam darvoza binosining dahlizini va dahliz devorlarini oʻlchadi, ularning oʻlchamlari boshqalarniki bilan bir xil edi. 25Bu darvoza binosidagi xonalarning va dahlizning boshqa darvozalarnikiga oʻxshagan panjarali tuynuklari bor edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni esa 25 tirsak edi. 26Darvozaga yetti pogʻonali zina olib borar edi. Dahliz darvoza binosining ichki tomonida joylashgan edi. Dahliz eshigining ikki yon devoriga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi. 27Janub tomonda Maʼbadning ichki hovlisiga olib kiradigan darvoza binosi bor edi. Oʻsha odam janubdagi ichki darvoza binosidan tashqi darvoza binosigacha boʻlgan masofani oʻlchadi, masofa 100 tirsak chiqdi.
Ichki hovli: janubiy darvoza binosi
28Soʻng oʻsha odam meni janubiy darvoza orqali Maʼbadning ichki hovlisiga olib kirdi–da, darvoza binosini oʻlchadi. Darvoza binosining oʻlchamlari boshqa darvoza binolariniki bilan bir xil edi. 29Darvoza binosining xonalari, dahlizi va dahliz eshigining ikki yon devori boshqa darvoza binolarinikiga oʻxshagan edi. Xonalarning va dahlizning panjarali tuynuklari bor edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni 25 tirsak edi. 30Ichki hovliga qaratilgan darvoza binolarining dahlizlari bir xil edi. Ularning uzunligi 25 tirsak, eni 5 tirsak edi. 31Dahliz orqali Maʼbadning tashqi hovlisiga chiqilar edi. Dahliz eshigining ikki yon devoriga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi. Darvozaga sakkiz pogʻonali zinapoya olib borar edi.
Ichki hovli: sharqiy darvoza binosi
32Soʻng oʻsha odam meni sharqiy darvoza orqali Maʼbadning ichki hovlisiga olib kirdi–da, darvoza binosini oʻlchadi. Darvoza binosining oʻlchamlari boshqa darvoza binolariniki bilan bir xil edi. 33Darvoza binosining xonalari, dahlizi va dahliz eshigining yon devorlari boshqa darvozalarnikiga oʻxshagan edi. Xonalarning va dahlizning panjarali tuynuklari bor edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni 25 tirsak edi. 34Dahliz orqali Maʼbadning tashqi hovlisiga chiqilar edi. Dahliz eshigining ikki yon devoriga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi. Darvoza binosiga sakkiz pogʻonali zinapoya olib borar edi.
Ichki hovli: shimoliy darvoza binosi
35Soʻng oʻsha odam meni shimoliy darvoza oldiga olib borib, darvoza binosini oʻlchadi. Darvoza binosining oʻlchamlari boshqa darvoza binolariniki bilan bir xil edi. 36Darvoza binosining xonalari, dahlizi va dahliz eshigining yon devorlari boshqa darvoza binolarinikiga oʻxshagan edi. Xonalar va dahlizning panjarali tuynuklari bor edi. Darvoza binosining uzunligi 50 tirsak, eni 25 tirsak edi. 37Dahliz orqali Maʼbadning tashqi hovlisiga chiqilar edi. Dahliz eshigining ikki yon devoriga palma daraxtining tasvirlari tushirilgan edi. Darvozaga sakkiz pogʻonali zinapoya olib borar edi.
Shimoliy darvoza binosi yonida qurilgan imoratlar
38Shimol tomondagi ichki darvozaning dahlizi yonida bir xona bor edi. Bu xonaga dahliz orqali kirilar edi. Qurbonlik uchun boʻgʻizlangan hayvonlar shu xonada yuvilar edi. 39Dahlizning oʻzida toʻrtta xontaxta bor edi. Xontaxtaning ikkitasi dahlizning bir chekkasida, qolgan ikkitasi dahlizning boshqa chekkasida turar edi. Bu xontaxtalarning ustida kuydiriladigan qurbonlik, gunoh qurbonligi#40:39 gunoh qurbonligi — birortasi bilmay qilgan gunohi uchun Xudodan kechirim soʻrab keltirgan qurbonligi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi QURBONLIK soʻzi ostida berilgan GUNOH QURBONLIGI iborasiga qarang. va ayb qurbonligi#40:39 ayb qurbonligi — Levilar 5:14-19 ga qarang. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi QURBONLIK soʻzi ostida berilgan AYB QURBONLIGI iborasiga qarang. uchun hayvonlar boʻgʻizlanar edi. 40Tashqi hovlida yana toʻrtta xontaxta bor edi. Xontaxtaning ikkitasi darvoza zinapoyasining bir tomonida, boshqa ikkitasi zinapoyaning boshqa tomonida turar edi. 41Hammasi boʻlib sakkizta xontaxta bor edi. Toʻrtta xontaxta dahlizning ichida, yana toʻrttasi darvozaning tashqarisida turar edi. Bu xontaxtalarning ustida hayvonlar boʻgʻizlanar edi. 42Kuydiriladigan qurbonliklar uchun yana toʻrtta xontaxta bor edi. Bu xontaxtalar yoʻnilgan toshdan yasalgan boʻlib, ularning uzunligi va eni bir yarim tirsak, boʻyi bir tirsak edi. Bu xontaxtalar ustiga qurbonliklarni soʻyishda ishlatiladigan asboblar qoʻyilar edi. 43Dahliz devorlariga uzunligi toʻrt enli boʻlgan ilgaklar qoqilgan edi. Hayvonlarning goʻshti esa xontaxtalar ustiga qoʻyilar edi.
Ruhoniylarning xonalari
44Ichki hovlida ikkita xona qurilgan edi#40:44 …ikkita xona qurilgan edi — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda …qoʻshiqchilar uchun xonalar qurilgan edi.. Xonalarning bittasi shimoliy darvoza yonida janub tomonga qaratib qurilgan edi. Ikkinchisi esa janubiy#40:44 janubiy — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda sharqiy. darvoza yonida shimol tomonga qaratib qurilgan edi. 45Oʻlchayotgan odam menga shunday dedi: “Shimoliy darvoza yonidagi xona Maʼbad uchun masʼul boʻlgan ruhoniylarga moʻljallab qurilgan. 46Janubiy darvoza yonidagi xona esa qurbongoh yonida xizmat qiladigan ruhoniylar uchun moʻljallab qurilgan. Hamma ruhoniylar Zodoʻx avlodidan edi. Levi qabilasidan faqat Zodoʻx avlodlari Egamizning huzurida xizmat qilishga haqlidir.”
Ichki hovli va Maʼbad
47Soʻng oʻsha odam ichki hovlini oʻlchadi. Hovli toʻrtburchak shaklda, uzunligi va eni 100 tirsakdan edi. Qurbongoh Maʼbadning old tarafida edi.
48Keyin u odam meni Maʼbad ayvoniga olib kirib, ayvon ostonasining yon devorlarini oʻlchadi. Yon devorlarning qalinligi 5 tirsak chiqdi. Ostonaning eni 14 tirsak, ostona yon devorlarining uzunligi 3 tirsak chiqdi#40:48 Ostonaning eni 14 tirsak, ostona yon devorlarining uzunligi 3 tirsak chiqdi — qadimiy yunoncha tarjimadan (yana 41:1-3 ga qarang). Ibroniycha matnda Ostonaning eni 14 tirsak degan gap yoʻq.. 49Ayvonning uzunligi 20 tirsak, eni 12 tirsak edi. Ayvonga oʻn pogʻonali zinapoya olib borar edi#40:49 …eni 12 tirsak edi. Ayvonga oʻn pogʻonali zinapoya olib borar edi — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda …eni 11 tirsak edi. Ayvonga zinapoya olib borar edi.. Ayvon ostonasining ikki yon tomonida bittadan ustun bor edi.
Currently Selected:
Hizqiyol 40: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: