2 Shohlar 7:12-16
2 Shohlar 7:12-16 O‘ZBMK
Sen olamdan oʻtib, ota–bobolaring yoniga dafn qilinganingdan keyin ham, Men oʻgʻillaringdan birini, pushti kamaringdan bino boʻlgan farzandingni shoh qilib, uning shohligini mustahkamlayman. Menga atab uyni u quradi. Men esa uning shohlik taxtini to abad mustahkam qilaman. Men unga ota boʻlaman, u esa Menga oʻgʻil boʻladi. Agar gunoh qilsa, ota oʻgʻlini jazolaganday, Men ham uni jazolayman. Seni shoh boʻlsin deb, Shoulni marhamatimdan mahrum qilgan edim. Lekin oʻgʻlingdan hech qachon marhamatimni darigʻ tutmayman. Xonadoning va shohliging Mening oldimda abadiy turadi, taxting to abad mustahkam boʻladi.»”





