2 Solnomalar 36
36
36–BOB
Yahudo shohi Yohuxoz
1Yahudo xalqi Yoʻshiyoning oʻgʻli Yohuxozni otasining oʻrniga shoh qilib koʻtardi. 2Yohuxoz yigirma uch yoshida taxtga oʻtirib, Quddusda uch oy shohlik qildi. 3Soʻngra Misr shohi Nexo uni Quddus taxtidan tushirib, yurt xalqidan 200 pud#36:3 200 pud — ibroniycha matnda 100 talant, taxminan 3,4 tonnaga toʻgʻri keladi. kumush va 2 pud#36:3 2 pud — ibroniycha matnda bir talant, taxminan 34 kiloga toʻgʻri keladi. oltin oʻlpon talab qildi. 4Misr shohi Yohuxozning ukasi Eliyaqimni Yahudo va Quddusga shoh qilib tayinladi. Uning ismini oʻzgartirib Yohayiqim qoʻydi. Akasi Yohuxozni esa Misrga olib ketdi.
Yahudo shohi Yohayiqim
5Yohayiqim yigirma besh yoshida shoh boʻlib, Quddusda oʻn bir yil hukmronlik qildi. U Egasi Xudoning oldida qabih ishlar qildi. 6Bobil shohi Navuxadnazar#36:6 Bobil shohi Navuxadnazar — miloddan oldingi 605-562 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan. Yahudoga hujum qildi. U Yohayiqimni Bobilga olib ketish niyatida zanjirband qildi#36:6 U Yohayiqimni Bobilga olib ketish niyatida zanjirband qildi — Navuxadnazar Yohayiqimni Bobilga olib ketganmi yoki yoʻqmi, matnda aniq yozilmagan. Yohayiqim uch yil davomida Navuxadnazarga qaram boʻldi. Oxiri, u Navuxadnazarga qarshi isyon koʻtardi. Yohayiqim Quddusda vafot etgan boʻlishi mumkin (4 Shohlar 24:1-6 ga qarang). Shundan keyin uning oʻgʻli Yohayixin Yahudo taxtiga oʻtirdi. Navuxadnazar uni miloddan oldingi 597 yilda Bobilga asir qilib olib ketdi (4 Shohlar 24:8-15 ga qarang).. 7Egamizning uyidagi bir qancha idishlarni Bobilga olib ketib, ularni Bobildagi saroyiga#36:7 saroy — yoki maʼbad. qoʻydi.
8Yohayiqimning boshqa ishlari, uning qilgan jirkanch qilmishlari, hamma kamchiliklari “Isroil va Yahudo shohlari kitobi”da yozilgan. Uning oʻrniga oʻgʻli Yohayixin shoh boʻldi.
Yahudo shohi Yohayixin
9Yohayixin oʻn sakkiz#36:9 oʻn sakkiz — bitta ibroniy qoʻlyozmasidan, qadimiy suryoniycha tarjimadan va qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan (yana 4 Shohlar 24:8 ga qarang). Ibroniycha matnda sakkiz. yoshida shoh boʻlib, Quddusda uch oy va oʻn kun hukmronlik qildi. U Egamizning oldida qabih ishlar qildi. 10Oʻsha yili bahorda shoh Navuxadnazar Yohayixinni hibsga olib, Bobilga olib ketdi. U bilan birga Egamizning uyidagi qimmatbaho idishlarni ham olib ketdi. Yohayixinning oʻrniga amakisi#36:10 amaki — ibroniycha matnda aka yoki uka, biroq bu ibroniycha soʻz umuman har qanday erkak qarindoshga nisbatan ham ishlatiladi. 4 Shohlar 24:17 ga koʻra, Zidqiyo Yohayixinning amakisi edi. Zidqiyoni Yahudo va Quddus ustidan shoh qilib tayinladi.
Yahudo shohi Zidqiyo
11Zidqiyo yigirma bir yoshida shoh boʻlib, Quddusda oʻn bir yil hukmronlik qildi. 12U Egasi Xudoning oldida qabih ishlar qildi. Egamizning soʻzlarini ayon qilgan Yeremiyo paygʻambarga boʻyin egmadi.
Quddus qulaydi
13Shoh Navuxadnazar Zidqiyoga Xudoning nomi bilan sadoqat ontini ichdirgan boʻlsa ham, Zidqiyo Navuxadnazarga qarshi isyon koʻtardi. U qaysarlik qilib, Isroil xalqining Xudosiga — Egamizga tavba qilishdan bosh tortdi. 14Bosh ruhoniylarning hammasi omma qatorida oʻzga xalqlarning jirkanch odatlariga taqlid qilib, Xudoga oʻta bevafo boʻldilar. Shu yoʻsin, ular Egamizning Oʻzi muqaddas qilgan Quddusdagi uyni bulgʻadilar. 15Ota–bobolarining Xudosi — Egamiz Oʻz xalqi va maskaniga rahm qilib, ularning oldiga qayta–qayta paygʻambarlarini joʻnatdi. 16Lekin ular Xudoning elchilarini haqorat qilib, Xudoning soʻzlaridan nafratlandilar, paygʻambarlarni masxara qildilar. Oxiri Egamiz Oʻz xalqidan shu qadar gʻazablandiki, ular najotsiz qoldilar.
17Egamiz ularga qarshi Bobil#36:17 Bobil — ibroniycha matnda Xaldey, oʻsha vaqtda Bobil yurti shu nom bilan ham atalardi. shohini tortib keldi. Bobil shohi Maʼbadda ularning yoshlarini qilichdan oʻtkazdi, na yosh erkakka, na ayolga, na keksaga, na xastaga shafqat qildi. Xudo Yahudo xalqining hammasini Bobil shohining qoʻliga bergan edi. 18Bobil shohi Xudoning uyidagi kattayu kichik buyumlarni, jamiki xazinani, shoh va uning aʼyonlari xazinalarini, xullas, hamma narsani Bobilga olib ketdi. 19Xudoning uyiga esa oʻt qoʻydi, Quddus devorini buzib tashladi, barcha hashamatli binolarni yondirdi, Quddusdagi hamma qimmatbaho ashyolarni yoʻq qilib tashladi. 20Qilichdan omon qolganlarini esa Bobilga surgun qildi. Fors shohligi qaror topgunga qadar Yahudo xalqi Bobil shohiga va uning avlodlariga qul boʻlib qoldi. 21Yurt boʻm–boʻsh choʻlga aylandi. Yerga dam berilmagan yillarning#36:21 Yerga dam berilmagan yillar — Tavrot qonuniga koʻra, har yettinchi yili yerga ishlov berish, ekin ekish Isroil xalqiga man etilgandi (Levilar 25:1-7 ga qarang). soni toʻlguncha, yetmish yil davomida tashlandiq boʻlib yotdi. Shunday qilib, Egamizning Yeremiyo paygʻambar orqali aytgan soʻzlari#36:21 …Egamizning Yeremiyo paygʻambar orqali aytgan soʻzlari… — Yeremiyo 25:11, 29:10 ga qarang. amalga oshdi.
Shoh Kurush Yahudo xalqiga ozodlik beradi
22Fors shohi Kurush hukmronligining birinchi yilida#36:22 Kurush hukmronligining birinchi yili — miloddan oldingi 538 yil. Midiya va Fors lashkarlari shoh Kurush boshchiligida Bobil shahrini miloddan oldingi 539 yilda bosib olgan edilar. Shoh Kurush miloddan oldingi 530 yilgacha Bobilda hukmronlik qildi. U Kir ismi bilan ham tanilgan. Egamizning Yeremiyo orqali bildirgan soʻzlari#36:22 Egamizning Yeremiyo orqali bildirgan soʻzlari — shu bobning 21–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang. bajo boʻlishi uchun, Egamiz shoh Kurushning yuragiga Quddusdagi Maʼbadni qayta qurish istagini soldi. Shunday qilib, Kurush oʻz shohligining hamma tomoniga xabarchilar joʻnatdi va yozma farmonda quyidagilarni eʼlon qildi:
23“Fors shohi Kurush shunday demoqda: Samoviy Xudo — Egamiz yer yuzidagi jamiki shohliklarni menga bergan. U Yahudo yurtidagi Quddusda Oʻziga bir uy qurishni menga topshirdi. Xudoning xalqidan boʻlgan har bir kimsa Quddusga borsin, Egasi Xudo unga yor boʻlsin.”
Currently Selected:
2 Solnomalar 36: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020