2 Solnomalar 34
34
34–BOB
Yahudo shohi Yoʻshiyo
1Yoʻshiyo sakkiz yoshida shoh boʻlib, Quddusda oʻttiz bir yil hukmronlik qildi. 2U Egamiz oldida toʻgʻri ishlar qildi. Oʻngga ham, chapga ham ogʻmasdan, bobosi Dovudning yoʻlidan yurdi. 3Hukmronligining sakkizinchi yilida, yoshligidan bobosi Dovudning Xudosiga intila boshladi. Hukmronligining oʻn ikkinchi yilida esa Yahudo va Quddusni sajdagohlardan#34:3 sajdagohlar — 11:15 ning birinchi izohiga qarang., Asheraning#34:3 Ashera — 14:3 ning ikkinchi izohiga qarang. ustunlaridan, oʻyma va quyma butlardan tozalay boshladi. 4Uning koʻrsatmasi bilan Baalning qurbongohlari buzdirildi, bu qurbongohlarning yonidagi tutatqi qurbongohlari ham sindirib tashlandi. Asheraning ustunlari, shuningdek, oʻyma va quyma butlar parchalanib, boʻlaklari oʻsha butlarga qurbonlik qilganlarning qabrlari ustiga sochib tashlandi. 5Yoʻshiyo butparast ruhoniylarning suyaklarini oʻzlari sajda qilgan qurbongohlar ustida yoqdi. Shunday qilib, u Yahudo va Quddusni pokladi. 6Shimoldagi Naftali hududigacha boʻlgan Manashe, Efrayim va Shimoʻn shaharlaridagi va ularning atrofida boʻlgan vayronalardagi 7qurbongohlarni sindirdi, Asheraga atalgan ustunlarni kesdi, butlarni parchalab tashladi. Isroil yurti boʻylab hamma tutatqi qurbongohlarini buzdi. Shundan keyin Quddusga qaytib ketdi.
Qonun kitobi topiladi
8Yoʻshiyo yurtni va Egamizning uyini poklagandan keyin, hukmronligining oʻn sakkizinchi yilida Ozaliyo oʻgʻli Shofonni, Quddus hokimi Masiyoni va mushovir Yoʻxoz oʻgʻli Yoʻxni Egasi Xudoning uyini tuzatishga yubordi. 9Ular oliy ruhoniy Xilqiyoning oldiga kelib, Xudoning uyiga keltirilgan kumushni unga topshirdilar. Levi darvozabonlari bu kumushni Manashe, Efrayim va Isroil xalqining omon qolganlaridan, shuningdek, Yahudo, Benyamin qabilalaridan va Quddus aholisidan toʻplab olgan edilar. 10Ular kumushni Egamizning uyida mehnat qilayotgan ishboshilarga topshirdilar. Ishboshilar esa kumushni olib, Egamizning uyidagi buzilgan joylarni taʼmirlayotgan ustalarga toʻladilar. 11Qolganini esa duradgor va binokorlarga berdilar. Ular bu kumushga Yahudo shohlari qarovsiz qoldirgan xarob binolarni tuzatish uchun tosh va yogʻochlarni sotib oldilar.
12Ishchilar sidqidildan mehnat qildilar. Ularga nazoratchi qilib Marori naslidan levilar Yaxat va Obodiyo tayinlandi, Qohot urugʻidan esa levilar Zakariyo va Mashullom tayinlandi. Musiqa asboblarini chaladigan hamma levilar 13yuk tashuvchilarga hamda turli xizmatdagi ishchilarga masʼul edilar. Levilarning baʼzilari esa kotib, maʼmur va darvozabon edilar.
14Egamizning uyidagi kumush olib chiqilayotganda, ruhoniy Xilqiyo Egamizning Muso orqali bergan Tavrot kitobini topib oldi. 15U kotib Shofonga:
— Egamizning uyidan Tavrot kitobini topib oldim, — deb kitobni Shofonga berdi. 16Shofon esa kitobni shohga olib borib, hisobot berdi: “Qullaringiz topshirilgan hamma ishlarni bajaryaptilar. 17Ular Egamizning uyidagi bor kumushni oʻsha yerdagi ishboshilarga va ishchilarga berdilar.” 18Soʻng: “Ruhoniy Xilqiyo mana bu kitobni menga berdi”, — deya qoʻshimcha qilgach, Tavrot kitobini shohga ovoz chiqarib oʻqib berdi.
19Shoh Tavrot soʻzlarini eshitgach, vahimaga tushganidan kiyimlarini yirtdi. 20Keyin ruhoniy Xilqiyoga, Shofon oʻgʻli Oxixamga, Mixiyo#34:20 Mixiyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Mixo. Uning Mixiyo degan shakli 4 Shohlar 22:12 dan olingan. oʻgʻli Axborga#34:20 Axbor — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Abdoʻn. Uning Axbor degan shakli 4 Shohlar 22:12 dan olingan., kotib Shofonga va oʻzining mulozimi Osoyohga shunday farmon berdi:
21— Boringlar, topilgan bu kitobdagi soʻzlarga muvofiq, men toʻgʻrimda ham, Isroil va Yahudo xalqlarining omon qolganlari toʻgʻrisida ham Egamizning xohish–irodasini soʻranglar. Otalarimiz bu kitobdagi soʻzlarga quloq solmaganlari uchun, Egamizning amrlariga rioya qilmaganlari uchun Egamizning dahshatli gʻazabi bizning ustimizga yogʻildi.
22Ruhoniy Xilqiyo va shoh joʻnatgan odamlar Xulda ismli paygʻambar ayol huzuriga borib, unga maslahat soldilar. Xulda paygʻambar Egamizning uyidagi muqaddas liboslar posboni Shallumning xotini edi. Shallum Tixvoning#34:22 Tixvo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Toqqat. Uning Tixvo degan shakli 4 Shohlar 22:14 dan olingan. oʻgʻli, Xarxasning#34:22 Xarxas — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xasra. Uning Xarxas degan shakli 4 Shohlar 22:14 dan olingan. nabirasi edi. Xulda Quddusning yangi dahasida yashardi. 23Xulda ularga shunday dedi:
“Isroil xalqining Xudosi — Egamiz demoqda: sizlarni Mening huzurimga yuborgan odamga shu gaplarimni aytinglar: 24«Men bu yurtga ham, bu yurtda yashayotgan xalqqa ham falokat keltiraman. Yahudo shohi huzurida oʻqilgan kitobdagi hamma laʼnatlarni ularga yogʻdiraman. 25Ular Mendan yuz oʻgirganlari uchun, boshqa xudolarga qurbonliklar keltirib, oʻz qoʻllari bilan yasagan butlari tufayli#34:25 …oʻz qoʻllari bilan yasagan butlari tufayli… — yoki …qilgan barcha qilmishlari tufayli…. qahrimni keltirganlari uchun bu yurtga gʻazabim yogʻiladi va aslo bosilmaydi.»
26Egamizning xohish–irodasini bilish uchun sizlarni yuborgan Yahudo shohiga shu xabarni beringlar: Isroil xalqining Xudosi — Egamiz sen eshitgan soʻzlaring toʻgʻrisida shuni aytmoqda: 27«Sen bu yurtga va yurtning xalqiga qarshi aytgan soʻzlarimni eshitganingdan keyin, yuraging yumshadi, Menga boʻyin egding. Sen Menga boʻyin egganing uchun, qaygʻudan liboslaringni yirtib, huzurimda yigʻlaganing uchun Men iltijolaringni eshitdim. 28Shunga koʻra, sen ota–bobolaring yoniga xotirjam ketasan, oʻz qabringga dafn etilasan. Bu yurtga va uning ahliga Men keltiradigan jamiki falokatlarni sen koʻrmaysan.»”
Xilqiyo va uning hamrohlari bu xabarni shohga yetkazdilar.
Shoh Yoʻshiyoning ahdi
29Shoh Yoʻshiyo xabar berib, Yahudo va Quddusning hamma oqsoqollarini oʻz huzuriga toʻpladi. 30Jamiki Yahudo xalqi va Quddus aholisi, ruhoniylar, levilar, zodagonlaru avom xalq shoh boshchiligida Egamizning uyiga bordi. Shoh Egamizning uyidan topilgan Tavrot kitobini#34:30 Tavrot kitobi — ibroniycha matnda Ahd kitobi, Tavrot kitobining yana bir nomi (shu bobning 14, 15, 19–oyatlariga qarang). boshidan oxirigacha ularning oldida oʻqidi. 31Shoh Egamizning uyi eshigi oldidagi oʻz joyida turib: “Egamiz koʻrsatgan yoʻldan yuraman, amrlariga itoat etaman, shartlariga, farmonlariga butun qalbim bilan, jonu dilim bilan quloq solaman, bu kitobda yozilgan ahd soʻzlarini ado etaman”, deb Egamiz bilan qayta ahd qildi. 32Soʻngra u Benyamin qabilasiga va Quddusdagi hamma odamlarga bu ahdga rioya qilish toʻgʻrisida farmon berdi. Oʻsha kundan boshlab Quddus aholisi ota–bobolarining Xudosi bilan qilgan ahd talablarini bajara boshladilar. 33Yoʻshiyo Isroil xalqiga qarashli hamma hududlardan makruh butlarni yoʻqotdi. Isroil xalqining hammasini Egasi Xudoga sajda qildirdi. Uning davrida xalq ota–bobolarining Xudosi — Egamizdan yuz oʻgirmay, Unga xizmat qildi.
Currently Selected:
2 Solnomalar 34: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020