Osmondagi suvlar uzra dargohingni qurgansan,
Bulutlarni jang aravasi qilasan,
Shamol qanotlarini minib ketasan.
Shamollarni Oʻzingga xabarchilar qilasan,
Lovullagan olovni xizmatkorlaring etasan.
Hech qachon tebranmasin deya,
Sen zaminning poydevorini qoʻygansan